2025-yil 9-11-noyabr kunlari Misr Xalqaro Ko'rgazma Markazida Smart Transport, Logistics va Industry ko'rgazmasi va konferensiyasining (TransMEA 2025) oltinchi marta o'tkazilishi boshlandi. Misr prezidenti Abdul Fattah Sisining homiylik qilishida tadbirga 30 ta davlatdan 500 dan ortiq xalqaro va mahalliy korxonalar qatnashdi va bu transport va sanoat rivojlanishidagi Misrning yutuqlarini namoyish etish bo'yicha global platforma sifatida mustahkamlandi.
“Sanoat va transport barqaror rivojlanish uchun qo‘lma-qo‘l” mavzusida bo'lib o'tgan ko'rgazma ushbu ikki sohaning chuqur integratsiyasini, ya'ni Misrning yangi jumhuriyat qurish va “2030-yilgacha bo'lgan ko'zlangan maqsadlarini” amalga oshirishga qaratilgan asosiy ustunini aks ettirdi. Bu tadbir orqali Misr hukumati mamlakatni transport, logistika, o'tkazma savdo va sanoat bo'yicha mintaqaviy markaz sifatida mustahkamlash strategiyasini amalga oshirishni maqsad qildi. Bu esa Misrda transport infratuzilmasi hamda mahalliy ishlab chiqarish imkoniyatlari bo'yicha ilgari hech qachon bo'lmagan darajada o'sish kuzatilayotgan davrda sodir bo'ldi.


